Rus iqtisodiyotining bu yil kamida 5 foizga pasayishi kutilmoqda

Vladimir Putin poytaxt Moskvada videomuloqat yo‘li orqali hukumat amaldorlari bilan yig‘ilish o‘tkazib unda mamlakatdagi ishchi kuchi bozorini baholadi.

1424832
Rus iqtisodiyotining bu yil kamida 5 foizga pasayishi kutilmoqda

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli mamlakatda ishsizlik soni ortganini qayd etdi.

Vladimir Putin poytaxt Moskvada videomuloqat yo‘li orqali hukumat amaldorlari bilan yig‘ilish o‘tkazib unda mamlakatdagi ishchi kuchi bozorini baholadi.

Ishchi kuchi bozorining ustuvor masalalardan biri ekanligini eslatib o‘tgan Putin,

“Covid – 19 pandemiyasi va tegishli cheklovlar, istisnosiz dunyoning barcha davlatlarining iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Talab, tijoriy faoliyat kamaydi, ko‘plab investitsiya rejasi to‘xtatildi” degan Putin,

Rossiyadagi oxirgi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra ishsizlik sonining ortganini va ular sonining 1.9 millionga yetganini bildirdi.

Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida olingan chora va tadbirlar bilan birga tushgan narxlar bois ham murakkab kunlarni boshdan kechirayotgan rus iqtisodiyotining bu yil kamida 5, eng ko‘p 6 foizga pasayishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar