Patara va Chirali plyajlari, bu yilgi turizm mavsumiga tayyor

Turizm poytaxti Antaliyada o‘rin olgan Patara va Chirali, Britaniyaning The Guardian gazetasida Yevropaning eng nufuzli 30 plyaji ro‘yhatiga kiritildi.

1410944

Kemer shahar hokimi Nejati To’palo‘g‘lu mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) dan keyingi jarayonda dam olish rejalari tuzayotganlar uchun eng nufuzli plyajlar ro‘yhatini tayyorlagan The Guardian gazetasida, ikkitasi Antaliyadan bo‘lish bilan birga Turkiyadan 5 plyajning kiritilganini qayd etdi.

Antaliyaning Patara va Chirali plyajlarining ham ro‘yhatga kiritilganiga e’tibor qaratgan To‘palo‘g‘lu,

“Mintaqamiz, mahalliy va chet ellik sayyohlarning o‘ziga jalb etishni davom ettirmoqda. Bu yer karettalarning ham uya quradigan joyi. Mehmonlarimiz kun chiqish vaqtida karetta bolalarining ham dengizga tushishini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Biz turizm mavsumiga tayyormiz” dedi.

Tanlangan kalimalar: #The Guardian , #Antaliya , #Kemer , #Chirali , #Patara

Aloqador xabarlar