Turkiya AQShga shu bilan ikkinchi marotaba tibbiy yordam ashyosi yubordi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga shu bilan ikkinchi marotaba tibbiy yordam ashyosi yubordi.

1409183
Turkiya AQShga shu bilan ikkinchi marotaba tibbiy yordam ashyosi yubordi

Turkiya tomonidan dunyoda koronavirusdan eng ko‘p azob chekayotgan davlatlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlariga insonparvarlik yordami tariqasida tibbiy buyumlar yuborilar ekan ularni tashigan ikkinchi harbiy yuk tashuvchi uchoq poytaxt Vashingtonga yetib bordi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning buyrug‘i bilan yuborilgan yordamlarni tashigan va Turk Qurolli kuchlariga oid bo‘lgan harbiy yuk tashuvchi uchoq, mahalliy vaqt bilan soat 16:20, Turkiya vaqti bilan soat 23:20 da poytaxt Vashington yaqinidagi Andrews aviabazasiga borib qondi.

Uchoqdagi yordam ashyolari solingan quti ustiga turk va ingliz tillarida Mavlona Jaloliddin Rumiyning, “Umidsizlik diyoriga yuz burma, umidlar bor! Qorong‘ulikka berkinib olma, quyoshlar bor!” degan satrlari yozib qoldirildi.  

Shuningdek, uchoqdagi qutilar bu gal ham avvalgi uchoqda bo‘lganidek tibbiy niqob, yuz himoya qalqoni, kombinezon, dezinfeksiyalovchi vosita va himoyalovchi ko‘zoynaklar kabi koronavirusdan himoya qiluvchi buyumlar bilan to‘ldirilgandi.  

Eslatib o‘tamiz Turkiya Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash asosida bugungacha dunyoning 55 ta davlatiga yordam qo‘lini cho‘zdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #tibbiy yordam , #koronavirus

Aloqador xabarlar