THY, turizmga yo‘naltirilgan xalqaro reyslari sonini orttirmoqda

Turk havo yo‘llari (THY) turizmga yo‘naltirilgan xalqaro reyslari sonini orttirmoqda.

1364354
THY, turizmga yo‘naltirilgan xalqaro reyslari sonini orttirmoqda

Turk havo yo‘llari (THY) turizmga yo‘naltirilgan xalqaro reyslari sonini orttirmoqda.

Shu doirada yozgi turizm mavsumida chet elning 26 nuqtasidan Turkiyaning turizm markazlari shu jumladan Antaliya, Izmir, Dalaman va Bodrumga haftasiga 98 safar amalga oshiradi.

Bu yilgi yoz mavsumida chet elning 20 nuqtasidan turizm poytaxti hisoblangan Antaliyaning o‘ziga, haftasiga 74 safar yo‘lga qo‘yiladi.  

Moskvadan Antaliyaga o‘tgan yili haftasiga 7 safar yo‘lga qo‘yilar ekan bu yil talab ortishi munosabati bilan bu raqam 14 ga chiqariladi.

Mug‘laning Dalaman tumaniga esa bu yil dunyoning 4 nuqtasidan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Turk havo yo‘llari Dalaman aeroportiga (Angliya) Londondan 7, (Rossiya) Moskvadan 3, (Iordaniya) Ummon va (Ukraina) Kiyevdan haftasiga 2 qatnov amalga oshiradi.

Mamlakatning boshqa turizm maskanlari uchun yo‘lga qo‘yiladigan qatnovlar shu jumladan Bodrum-Milas aeroportiga London, Quvayt va Myunxendan bir haftasiga 4, Izmirga esa Berlin, Myunxen, Dyusseldorf, Gamburg va Quvaytdan haftasiga 5 qatnov deb rejalashtirildi.



Aloqador xabarlar