AQSh Gretsiyaga MH-60R rusumidagi vertolyot va uskunalarning sotilishiga ruxsat berdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Gretsiyaga jami 600 million dollarlik MH-60R rusumidagi vertolyot va uskunalarning sotilishiga ruxsat berdi.

1235270

Pentagon qoshidagi Xavfsizlik bo'yicha hamkorlik agentligi tomonidan yozma ravishda berilgan ma'lumotga ko'ra, AQSh Tashqi ishlar vazirligi Gretsiyaga jami 600 million dollarlik MH-60R rusumidagi vertolyot va uskunalarning sotilishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilgan.

Bu orqali Gretsiyaning NATO rajalariga yana-da yaxshiroq hissa qo’sha olishi shuningdek, mintaqaga hech qanday ta’sirining bo’lmasligi qayd etildi.

Ma’lumotga ko’ra shuningdek, yuqorida nomi tilga olingan vertolyot va uskunalar “Lockheed Martin” firmasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Sotish masalasi bo’yicha kerakli uchrashuvlarning boshlashi uchun kengash 30 kun ichida e’tiroz bildirmasligi kerak. Roppa-rosa 30 kun ortidan AQSh tomonidan Gretsiyaga taklif maktubi taqdim etilgudek bo’lsa unda mavzu haqidagi uchrashuvlar boshlaydi.  

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Gretsiya , #MH-60R

Aloqador xabarlar