Turkiya eksport bo’yicha respublika tarixining eng yuqori oylik eksport raqamini qo’lga kiritdi

Turkiya eksport bo’yicha may oyida respublika tarixining eng yuqori oylik eksport raqamini qo’lga kiritdi.

1213197
Turkiya eksport bo’yicha respublika tarixining eng yuqori oylik eksport raqamini qo’lga kiritdi

Turkiya eksport bo’yicha may oyida respublika tarixining eng yuqori oylik eksport raqamini qo’lga kiritdi.

Bu raqam o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 11.46 foiz ortgan holda, 16 milliard 813 million dollarga yetdi.  

Savdo vaziri Ruhsar Pekjan mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, may oyidagi tashqi savdo haqidagi ma’lumotlarni bo’lishdi.

Dunyo savdosidagi sekinlashuvga qaramay Turkiya eksportida har oyda yangi rekord o’rnatilayotganligini belgilab o’tgan Pekjan, may oyida ham yangi rekord o’rnatilganligini ifoda etdi.

May oyidagi eksportning o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 11.46 foiz ortgan holda, 16 milliard 813 million dollarga yetganligini belgilab o’tgan Pekjan, “Shunday qilib Turkiya, eksport bo’yicha may oyida respublika tarixining eng yuqori oylik eksport raqamini qo’lga kiritdi” dedi.

Ruhsar Pekjan, 2019-yilning ilk 5 oyida eksportning 5.37 foizlik ortish orqali 76.6 milliard dollarga yetganligini qayd etdi.

Pekjan, importning esa may oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 19.85 foiz kamaygan holda 18 milliard 588 million dollarga tushganligini o’z so’ziga ilova etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya eksporti

Aloqador xabarlar