Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi 26.1 foizga oshdi

Shu bilan Turkiya joriy yilning dastlabki 4 oyida Xitoy, Rossiya, Qozog’iston va Janubiy Koreyadan so’ng, O’zbekistonning 5-yirik savdo-iqtisodiy hamkoriga aylandi.

1208864
Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi 26.1 foizga oshdi

 

Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi joriy yilning dastlabki 4 oyida 26.1 foizga oshib, 730.6 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

O’zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko’ra, 2019 yil yanvar-aprel oyida tashqi savdo aylanmasida Turkiyaning ulushi 5.8 foizga yetdi.

Shu bilan Turkiya joriy yilning dastlabki 4 oyida Xitoy, Rossiya, Qozog’iston va Janubiy Koreyadan so’ng, O’zbekistonning 5-yirik savdo-iqtisodiy hamkoriga aylandi.

Ushbu davrda O’zbekistonning Turkiyaga amalga oshirgan eksporti 347.1 mln dollar, Turkiyadan O’zbekistonga tovar importi esa, 383.5 mln dollarni tashkil qildi.

2019 yil yanvar-aprel oylarida Xitoy bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo aylanmasi 2 mlrd 552.1 million dollarni tashkil qildi. Shuningdek, umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 20.3 foizni tashkil qilgan holda Xitoy O’zbekistonning eng yirik birinchi hamkoriga aylandi.

Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi o’tgan yili 39.9 foizga oshib, 2 mlrd 171.8 mln dollarni tashkil qilgan edi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #savdo hajmi

Aloqador xabarlar