Erjiyesga bu yil Polsha va Ukrainadan ham to’g’ridan-to’g’ri qatnovlar orqali sayyohlar keladi

Turkiyaning mashhur chang’i markazlaridan biri hisoblangan Erjiyesga Rossiyaning ortidan bu yil Polsha va Ukrainadan ham to’g’ridan-to’g’ri uchoq qatnovlari orqali sayyohlar keladi.

1090280

Kayseri meriyasi rahbari Mustafa Chelik tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Kayseri shahar markaziga 25 kilometr uzoqlikda, 3916 metr balandlikdagi Erjiyes tog’ida qurilgan chang’i ta’sislarining shahar va mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo’shishi uchun reklama ishlari davom etmoqda. Mazkur faoliyatlar natijasida qish oylarida Kayseriga to’g’ridan-to’g’ri uchoq orqali qatnagan mamlakatlar soni uchtaga chiqadi.  

Mustafa Chelik shuningdek,

“O’tgan yili to’g’ridan-to’g’ri uchoq qatnovi orqali Rossiyadan har hafta sayyohlar keldi. Bu yili Rossiyadan tashqari shu yo'l orqali yana ikkita mamlakatdan shu jumladan Polsha va Ukrainadan sayyohlar keladi. Natijada Kayseriga to’g’ridan-to’g’ri uchoq orqali qatnagan mamlakatlar soni uchtaga chiqadi” dedi.  

Erjiyesning sifatining lozim darajada ekanligini aniqlagan hujjatlarning olinganligini ta’kidlagan meriya rahbari,

“Erjiyes ISO 9001 va IQ Net hujjatini olgan Turkiyadagi birinchi va yagona chang’i markazidir. Bu xususiyati yordamida sayyohlarni o’ziga jalb etishni davom etadi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Aloqador xabarlar