Rossiyalik sayyohlar bu yil ham dam olish uchun Turkiyani tanladi

Qayd etilishicha Rossiyada sentabr-oktabr oylarida “baxmal sezon” deb nomlangan davrda fuqarolar dam olish uchun takror Turkiyani tanlagan.

1060900
Rossiyalik sayyohlar bu yil ham dam olish uchun Turkiyani tanladi

Rossiyalik sayyohlar bu yil ham dam olish uchun Turkiyani tanladi.

Rossiya sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Rossiyada sentabr-oktabr oylarida “baxmal sezon” deb nomlangan davrda fuqarolar dam olish uchun takror Turkiyani tanlagan.

Yaxshi ob-havo va arzon narxlari tufayli sayyohlarning Turkiyaga faqatgina baxmal sezonida emas, noyabr oyida ham kelaverishiga e’tibor qaratilgan bayonotda, bu yilning kuz mavsumida o’tgan yilning shu davriga nisbatan Turkiyaga bo’lgan talabning 40 foizgacha ortganligi ham ilova etildi.

Bayonotda shuningdek rus rublidagi barqarorlikning ham fuqarolarning Turkiyaga bo’lgan talabini orttirganligi ifoda etilar ekan Lara va Belek (Antaliya) dan tashqari Istanbulning ham rus sayyohlarining sevimli dam olish joylaridan biri ekanligi belgilab o’tildi.

Antaliyadagi viloyat madaniyat va turizm direktorligi ma’lumotiga ko’ra yilning yanvar oyidan boshlab sentabr oyigacha Antaliyaga kelgan qariyb 11.1 million che tellik sayyohning 38.83 foizi rossiyalik.

Rasmiylarning qayd etishicha yilning oxirigacha Turkiyaga qariyb 6 million rossiyalik sayyohning kelishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar