Turkiya gilam eksport qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda...

Turkiya 2017 yilda xorij mamlakatlarga jami 1.85 mlrd dollar hajmida eksport amalga oshirdi.

919085
Turkiya gilam eksport qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda...

Turkiya gilam eksport qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa ko’tarildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya 2017 yilda xorij mamlakatlarga jami 1.85 mlrd dollar hajmida eksport amalga oshirdi.

Bu bilan Turkiya gilam eksport qilish bo’yicha dunyoda ilg’or bo’lgan Xitoy, Hindiston va Belgiya kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

O’tgan yilning dastlabki 2 oyiga nisbatan joriy yilning dastlabki 2 oyi mobaynida eksport hajmini katta miqdorda oshirishga muvaffaq bo’lgan turk tadbirkorlar Yevropa, Amerika va Yaqin sharq davlatlaridan so’ng, nigohini Shimoliy Afrika davlatlariga qaratdi.

Turk tadbirkorlar kelgusida Makedoniya, Kosova, Albaniya, Marokash, Tunis va Jazoyirda yarmarka zali (shovroom) ochishni rejalashtirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gilam , #eksport , #eksport hajmi

Aloqador xabarlar