Dunyoning eng uzun shisha ko’prigining qurilishi va nihoyat o’z nihoyasiga yetdi

Xitoyning Xebey viloyatidagi dunyoning eng uzun shisha ko’prigining qurilishi va nihoyat o’z nihoyasiga yetdi.

874027
Dunyoning eng uzun shisha ko’prigining qurilishi va nihoyat o’z nihoyasiga yetdi

Xitoyning Xebey viloyatidagi dunyoning eng uzun shisha ko’prigining qurilishi va nihoyat o’z nihoyasiga yetdi.

Uzunligi roppa-rosa 488, eni esa 2 metr bo’lgan va shisha bilan qoplangan ko’prik viloyatning Pinshan tumani, Xunyagu turistik maydonidagi bir vodiyda yerdan 218 metr balandlikda insho etildi.

Har birining qalinligi 4 sm bo’lgan 1077ta shisha panellardan foydalanilgan ko’prikning umumiy og’irligi 70 tonnani tashkil qilar ekan uning, 25-dekabr kuni xizmatga ochilishi rejalashtirilmoqda.

Ko’prikning qurilishidan mas’ul Liu Chichining qayd etishicha, ko’prik taxminan 2 ming odamning og’irligini ko’tara oladi lekin bir vaqtning o’zida eng ko’p 500 kishininggina ko’prikka chiqishiga ruxsat beriladi.

Liu shuningdek,

“Ko’prikning yuk tashish hajmi mamlakatning standart ko’priklariga nisbatan 3.5 barobarga ortiq. Shunga qaramay eng ko’p 500 kishininggina ko’prikka chiqishiga ruxsat beramiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar