Turkiya 11 oyda findiq eksportidan 760 mln 216 ming 409 dollar daromad qildi

Qoradengiz eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, joriy yilning yanvar-noyabr oyida Trabzondan 106 ming 35 tonna findiq eksport qilindi.

863400
Turkiya 11 oyda findiq eksportidan 760 mln 216 ming 409 dollar daromad qildi

Trabzondan joriy yilning 11 oyida 65 davlatga findiq (turk yong’og’i) eksport qilindi.

Qoradengiz eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, joriy yilning yanvar-noyabr oyida Trabzondan 106 ming 35 tonna findiq eksport qilindi. Bundan 760 mln 216 ming 409 dollar daromad olindi.

Turkiya bu mavsumda Italiyaga 159 mln 66 ming dollar, Germaniyaga 113 mln 128 ming dollar, Fransiyaga 102 mln 411 ming dollar, Polshaga 61 mln 809 ming dollar, Kanadaga esa 44 mln 381 ming dollar hajmida findiq eksport qildi.

Bundan tashqari, findiq yetishtirish bo’yicha birinchi o’rinda bo’lgan Trabzon viloyatidan Meksika, Braziliya, Norvegiya, Daniya, Litva, Tunis, Malayziya, yangi Zellandiya, Finlandiya, Kolumbiya, Singapur bilan bir qatorda, jami 65 mamlakatga findiq eksport qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #findiq , #eksport , #Qoradengiz , #Trabzon

Aloqador xabarlar