Xitoy shamol va quyosh energiyasidan 300 mln tonna energiya olishni ko’zda tutmoqda

Xitoyda ko’mir energiyasidan foydalanishning o’rnini 2030 yilga qadar shamol va quyosh energiyasi egallaydi.

711972
Xitoy shamol va quyosh energiyasidan 300 mln tonna energiya olishni ko’zda tutmoqda

Xitoy shamol va quyosh energiyasidan 2030 yilga qadar 300 mln tonna energiya olishni ko’zda tutmoqda.

Xitoy ohirgi paytlarda bu sohaga juda katta investitsiya kiritdi.

Greenpeace tomonidan tayyorlangan hisobotga ko’ra, Xitoyda qayta ishlab chiqariladigan va toza energiya manbalariga yo’nalish bilan birga ulkan energiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Hisobotga ko’ra, mamlakatda shamol va quyosh energiyasi sektori 5 barobar rivojlanishi kutilmoqda.

Ko’mir energiyasidan foydalanishning o’rnini 2030 yilga qadar shamol va quyosh energiyasi egallaydi, buning tijoriy qiymati 456 mlrd Xitoy yuanini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar