O’tgan oyda, Turkiya avtomobil eksportida, eng yuqori o’sish kuzatildi

Turkiyaning eksport lideri hisoblangan avtomobil sanoati sektorining eng yirik bozori Olmoniyadir.

505125
O’tgan oyda, Turkiya avtomobil eksportida, eng yuqori o’sish kuzatildi

Turkiyaning eksport lideri hisoblangan avtomobil sanoati sektorida, 2016-yilning may oyida, oxirgi 3 yil davomidagi eng yuqori o’sish sur’atlari kuzatildi.

Ushbu natijaga ko’ra 2016-yilning may oyi ko’rsatkichi, o’tgan yilning may oyiga nisbatan 34 foiz- qariyb 2 milliard dollarga o’sgan.

Sektorning eng yirik bozori hisoblangan Olmoniya eksporti 24 foizga o’sar ekan, bu o’sish Italiyada 98, Fransiyada esa 76 foizga yetdi.     

Eksportdan 78 foiz ulush olgan Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarga qaratilgan eksport, may oyida 43 foizlik o’sish bilan 1 milliard 564 million dollarga yetdi.



Aloqador xabarlar