Turkiyaning ilk elektron avtotransport vositalari

Ushbu mashinalarni har qanday rozetkada zaryadlashingiz mumkin

232635
Turkiyaning ilk elektron avtotransport vositalari

Turkiyaning Bursa shahridagi bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan va 100 foiz mahalliy mahsulot ekanligi ma’lum qilingan “Elektron avtotransport vositalari”ning 2016-yili minishga tayyor bo’lishi kutilmoqda.

İkki, to’rt va olti kishilik yengil avtomobil, tez yordam mashinasi va mini furgon bo’lish bilan birga jami 5 modelda ishlab chiqarilgan, har qanday rozetkada 6-8 soat zaryadlangan ushbu mashinalar 3-3,5 liralik elektr quvvati bilan 80 kilometrgacha yo’l ola oladi.

Mashinaning tezligi soatiga 24 kilometr bilan cheklatilgan faqat yo’lga chiqadigan rusumlarining tezligi minimum 50 kilometrgacha ko’tariladigan mashinalar kamida 9 ming 500 maksimum 20 ming liradan sotilmoqda.

Firmaning Bosh direktori Shukru O’zqilich 100 foiz havaskor ruh bilan 2011-yili birinchi prototiplarini tayyorlaganliklarini va 2012-yilning oxirida ommaviy ravishda ishlab chiqara boshlaganliklarini aytdi.

O’zqilich “Bir yilda 800 mashina ishlab chiqarish kuchiga erishdik. Albatda biz faqatgina Turkiya bozorlarida emas chet el bozorlarida ham sotishni rejalashtirdik. Buning uchun avvalom bor Turk tilida so’zlashuvchi respublikalardan Ozarbayjon, Turkmaniston bo’lish bilan birga Gruziya, Shimoliy Iroq, Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga sotdik.

Yevropaga ham eksport qilishni niyat qilganliklarini aytgan O’zqilich bu haqidagi chora-tadbirlarning davom etayotganligini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar