Shimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti halokatga uchradi

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Shimoliy Osetiya Respublikasida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti halokatga uchradi.

2151398
Shimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti halokatga uchradi

 

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Shimoliy Osetiya Respublikasida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasida tog‘li hududda Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-34 samolyoti rejalashtirilgan o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Samolyot kimsasiz hududga qulagan. Yerda hech qanday talofat yo‘q. Ekipaj halok bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bildirilishicha, samolyot halokatining dastlabki sababi texnik nosozlikdir.

"Rossiya Aerokosmik kuchlari komissiyasi aviahalokat sodir bo‘lgan joyga uchib ketdi", deb ta’kidladi vazirlik.

Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida ikki nafar uchuvchi bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Osetiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar