Bortida Malavi vitse-prezidenti bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

Voqeadan xabar topgan Malavi Prezidenti Lazarus Chakvera Bagama orollariga parvozini bekor qildi.

2151353
Bortida Malavi vitse-prezidenti bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

 

Bortida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana to‘qqiz kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi.

Bu haqda Prezident devoni xabar beradi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Malavi mudofaa kuchlari samolyoti kecha, 10 iyun kuni ertalab poytaxt Lilongvedan chiqib ketganidan so‘ng “radarlardan g‘oyib bo‘lgan”. U mamlakat shimolidagi Mzuzu xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 dan keyin qo‘nishi kerak edi.

Dispetcherlar samolyot bilan bog‘lana olmayapti. Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Voqeadan xabar topgan Malavi Prezidenti Lazarus Chakvera Bagama orollariga parvozini bekor qildi.

"Men samolyot topilmaguncha operatsiyani davom ettirish haqida buyruq berdim", deydi Chakvera.

Chilima uch kun oldin vafot etgan sobiq vazir Ralf Kasambaraning dafn marosimida hukumat vakili bo‘lish uchun ketayotgan edi.

Saulos Chilima 51 yoshda va 2014 yildan buyon mamlakat vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #Malavi

Aloqador xabarlar