Hindiston va Bangladeshda suv toshqinlari qurbonlari soni 55 nafarga yetdi

Rasmiylarning qayd etishicha, Hindistonda bo'ron tufayli uylar va infratuzilma ham zarar ko'rgan.

2145724
Hindiston va Bangladeshda suv toshqinlari qurbonlari soni 55 nafarga yetdi

 

Hindiston va Bangladeshda yuz bergan kuchli bo‘ron oqibatida suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo'ldi.

Tabiiy ofat oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 55 nafarga yetdi.

Hindistonning Mizoram shtati rasmiylari tropik bo‘ron tufayli 40 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda kuchli bo'ron va yomg'irlar sababli yuzaga kelgan tuproq ko'chkisi oqibatida ma'dan konida cho'kish yuzaga keldi. Fojia paytida konda mehnat qilayotgan 15 ishchi halok bo'ldi.

Rasmiylarning qayd etishicha, Hindistonda bo'ron tufayli uylar va infratuzilma ham zarar ko'rgan.

Bangladeshda kuchli bo'ron tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 15 nafarga yetdi. Bangladeshda 800 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh , #Hindiston

Aloqador xabarlar