Nikolas Maduro Rafahdagi qochqinlar lageriga hujumni “qirg‘in” deb atadi

"AQSh va Yevropa Ittifoqi, o'zlarida mavjud bo'lgan kuchga qaramay, bu qirg'inni to'xtatish uchun hech narsa qilmayapti. Menimcha, ular bu qotilliklarda sherik",-deydi Venesuela prezidenti.

2145230
Nikolas Maduro Rafahdagi qochqinlar lageriga hujumni “qirg‘in” deb atadi

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil armiyasining Rafahdagi qochqinlar lageriga hujumini “qirg‘in” deb baholadi.

Nikolas Maduro bu haqda haftalik matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, Isroil butun dunyo ko'zi oldida G'azoda "qirg'in" sodir etmoqda.

Maduro shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi pozitsiyasiga ham munosabat bildirdi.

"AQSh va Yevropa Ittifoqi, o'zlarida mavjud bo'lgan kuchga qaramay, bu qirg'inni to'xtatish uchun hech narsa qilmayapti. Menimcha, ular bu qotilliklarda sherik",-deydi Venesuela prezidenti.

Maduro Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xalqaro Sud qarorlarini tan olmasligini taʼkidladi.

"Isroil musulmon va nasroniy bolalarni bombardimon qilmoqda, ular qonunlar bilan qiziqmaydi. Netanyaxu bu asrning Herodusidir. AQSh nima qilyapti? Xo'sh, Yevropa nima deydi? Ular jim turishadi. Genotsidning sukunati... Gitler davridan beri insoniyat guvohi bo‘lgan eng dahshatli genotsidlardan biri sodir bo‘lmoqda"-deydi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.

Eslatma: 26 may kuni Isroil kuchlari Rafah shimoli-g‘arbidagi Tal as-Sulton hududidagi chodir lageriga hujum qildi. Qochqinlar lagerini bombalash oqibatida kamida 45 falastinlik halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ko‘p.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Nikolas Maduro , #Venesuela

Aloqador xabarlar