Rossiya bilan Ukraina to‘qnashuvida yana qurbonlar qayd etildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, Rossiya armiyasi tomonidan Xarkovdagi tinch aholi ob’ektlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi.

2144429
Rossiya bilan Ukraina to‘qnashuvida yana qurbonlar qayd etildi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov shahrida qurilish materiallari sotuvchi do‘konga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi tan jarohati oldi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, Rossiya armiyasi tomonidan Xarkovdagi tinch aholi ob’ektlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi.

Unda qurilish materiallari sotiluvchi do‘konga zarba berilganini ifoda etgan Zelenskiy, hujum natijasida yong‘in chiqqan do‘kon ichida ko‘plab ishchi va xaridor borligini bildirdi.

Xarkov viloyati Harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, do‘konga 2 ta bomba kelib tushgani va oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani hamda 40 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Sinegubov kasalxonaga yotqizilgan yaradorlarning ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani, bir kishining hayoti xavf ostidaligini ta’kidladi.

Boshqa jihatdan Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bayonot berdi. Unda, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ko‘p stvolli raketa otuvchi tizimlar orqali Oktabr qishlog‘iga qarshi hujum uyushtirilgani va oqibati 2 kishining umriga, 10 kishining sog‘ligiga zomin bo‘lganini bildirdi.

Hamma yaradorning tanasida, tanasining turli joylarida shrapnel yaralari borligini ifoda etgan Gladkov, 22 ta turar - joy va 23 ta avtomobil ham ziyon ko‘rganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar