Afg'onistonda suv toshqinlari qurbonlari soni 400 nafarga yaqinlashdi

Suv toshqinlarida 2 ming gektardan ortiq qishloq xo'jaligi yerlari  foydalanishga yaroqsiz bo'lgan. 1000dan ortiq uy zarar ko'rgan va 300 dan ortiq hayvon nobud bo'lgan.

2141523
Afg'onistonda suv toshqinlari qurbonlari soni 400 nafarga yaqinlashdi

 

Afg'onistonning Turkmaniston chegarasidagi Faryob viloyatida sodir bo'lgan suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni 400 nafarga yaqinlashdi.

Faryob gubernatorligi matbuot kotibi Ismetulloh Muradi “TOLO News” telekanaliga bergan intervyusida, viloyatdagi suv toshqinlari oqibatida yana 18 kishi halok bo'lganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, suv toshqinlarida 2 ming gektardan ortiq qishloq xo'jaligi yerlari  foydalanishga yaroqsiz bo'lgan. 1000dan ortiq uy zarar ko'rgan va 300 dan ortiq hayvon nobud bo'lgan.

Bundan tashqari, kecha G’o’r viloyatidagi suv toshqinlari oqibatida bir kishining halok bo'lgani, o'nlab kishining bedarak yo'qolganligi ma'lum qilindi.

Afg'onistonda qish oylarida havoning keskin isishi bilan qorning erishi, kuchli yomg'ir va infratuzilmaning yetarli darajada emasligi natijasida sodir bo'lgan suv toshqinlari odamlarning hayoti va mol-mulkini yo'qotishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli mamlakatda har yili yuzlab odamlar hayotdan ko'z yumadi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar