Zimbabveda qurg‘oqchilik tufayli “milliy falokat holati” e’lon qilindi

"Men El Nino ob-havo hodisasi tufayli yuzaga kelgan qurg'oqchilik tufayli milliy falokat holatini e'lon qilaman",- deb bayonot beradi mamlakat prezidenti.

2124426
Zimbabveda qurg‘oqchilik tufayli “milliy falokat holati” e’lon qilindi

 

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatdagi qurg‘oqchilik tufayli “milliy falokat holati”ni e’lon qildi.

Uning ta'kidlashicha, iqlim oʻzgarishi natijasida yuzaga kelgan qurgʻoqchilik qonuniy choralar koʻrishni talab qiladi.

"Men El Nino ob-havo hodisasi tufayli yuzaga kelgan qurg'oqchilik tufayli milliy falokat holatini e'lon qilaman",- deb bayonot beradi mamlakat prezidenti.

Mnangagva shuningdek, Zimbabve don taqchilligiga duch kelgani uchun importga o'tishini bildirdi.

Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasiga makkajo'xori va bug'doy eksporti to'xtatilganini e'lon qildi.

Mnangagva qurg'oqchilik oqibatlarini yumshatish uchun 2 milliard dollar kerakligini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Zimbabve

Aloqador xabarlar