Tayvanning sharqiy qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Xualen shahrida sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 4 kishi halok bo'lgan, 90 kishi tan jarohati olgan.

2124056
Tayvanning sharqiy qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Tayvanning sharqiy sohilidagi Xualen shahrida sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 4 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Yaponiya bosh meteorologiya agentligi ma’lum qildi. 

Amerika Geologik xizmati 7,4 magnitudali zilzila epitsentri Tayvanning sharqiy sohilidagi Xualen shahridan 18 kilometr janubda bo'lganini ma'lum qildi.

34,8 kilometr chuqurlikda sodir bo'lgan zilzila oqibatida mintaqadagi aholi punktlariga zarar yetgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 4 kishi halok bo'lgan, 90 kishi tan jarohati olgan.

Tayvan markaziy meteorologiya boshqarmasi (CWA) zilzila magnitudasi 7,2 ekanligini e'lon qilar ekan, Xualen shahridagi ko'plab binolarning zarar ko'rgani va vayron bo'lgani qayd etildi.

Xualen shahrining sharqiy sohilidagi Suxua ekspress yoʻli qulashlar tufayli transport harakati uchun yopildi, Taoyuan xalqaro aeroporti shiftining bir qismi ham qulab tushdi.

Xualen atrofidagi va orolning ichki qismidagi ko'plab yo'llar toshlarning qulashi tufayli transport qatnovi uchun yopildi.

Bu Tayvanda so'nggi 25 yil ichida sodir bo'lgan eng kuchli zilzila ekanligini ta'kidlandi va orolning shimoliy hududlari uchun sunami xavfi haqida ogohlantirildi.

Yer silkinishlari Yaponiya janubidagi Okinava prefekturasida ham sezilgan. Zilziladan keyin Okinava, Miyako orollari va Yaeyama orollari guruhi uchun sunami xavfi e’lon qilindi. Yaponiyalik mutaxassislar to‘lqin balandligi uch metrga yetishi mumkinligini istisno qilishmadi.

Ma'lumot uchun: 1999-yil 21-sentyabrda Tayvanning poytaxti Taypeydan 150 kilometr janubda sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilzilada taxminan 2400 kishi halok bo‘lgandi, 100 mingdan ortiq odam tan jarohati oldi, minglab binolar vayron bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Tayvan

Aloqador xabarlar