Finlyandiyada maktabda otishma sodir bo'ldi

BBC xabariga ko‘ra, politsiya 800 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan maktabdagi hujumda 3 nafar 13 yoshli o‘quvchi jarohatlanganini ma’lum qildi.

2123800
Finlyandiyada maktabda otishma sodir bo'ldi

 

Finlyandiyaning Vantaa shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada 3 nafar o‘quvchi yaralangani ma’lum qilindi.

BBC xabariga ko‘ra, politsiya 800 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan maktabdagi hujumda 3 nafar 13 yoshli o‘quvchi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Hujumni amalga oshirishda gumon qilingan yana bir 13 yoshli talaba qo‘lga olingan. 

Hudud aholisidan voqea joyidan uzoqroq turish so‘ralgan.


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya

Aloqador xabarlar