Ispaniya yozgacha Falastin davlatini tan oladi

Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches Iordaniyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

2123771
Ispaniya yozgacha Falastin davlatini tan oladi

 

Ispaniya yozgacha Falastin davlatini tan olmoqchi.

Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches Iordaniyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Sanches aprel-iyun oylarida xalqaro hamjamiyatda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojarolar bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yiladi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalambor Falastinni BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida tan olish kerak.

Sanches, Irlandiya, Malta va Sloveniya Bosh vazirlari bilan Falastin davlatini tan olish uchun qabul qilingan mushtarak qaror, zarur shartlar bajarilgan taqdirda ertaroq amalga oshishini aytgan.

Unga ko‘ra, Ispaniya birinchi navbatda Vazirlar Kengashida Falastin davlatini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va keyin uni parlamentga taqdim etadi.

Ispaniya hukumati rahbari Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida xavfsizlikni kafolatlashning yagona yo‘li Falastin davlatini tan olish, deb biladi.

Ma’lumot uchun, 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan olgan.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Ispaniya

Aloqador xabarlar