Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi

"Isroil Eronning Damashqdagi elchixonasining konsullik binosiga raketa hujumi uyushtirgan, hujum oqibatida yetti kishi, jumladan ikki general halok bo‘lgan",- deyiladi bayonotda.

2123578
Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi

 

Isroil Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. 

Eron Inqilobiy Gvardiyasi Korpusi “Isroil”ning Damashqdagi diplomatik vakolatxonasiga uyushtirgan hujumida 7 kishi, jumladan 2 general halok bo‘lganini ma’lum qildi.
"Isroil Eronning Damashqdagi elchixonasining konsullik binosiga raketa hujumi uyushtirgan, hujum oqibatida yetti kishi, jumladan ikki general halok bo‘lgan",- deyiladi bayonotda.

Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akbariyning aytishicha, uning mamlakati Isroilga "tez, to‘g‘ridan to‘g‘ri va qat’iy" javob qaytaradi. U Isroil F-35 qiruvchi samolyotlari yordamida Eron konsulligi binosiga 6 marta raketa hujumi uyushtirganini aytdi.

Akbariy, Eron Isroil hujumiga "tez, to'g'ridan-to'g'ri va kuchli" javob berishini bildirdi.

Oxirgi oylarda Eronning Suriyadagi ob'yektlariga qayta-qayta zarba bergan Isroil hozircha hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq, Isroil armiyasi radiosining xabarida, hujumda halok bo'lganlarning barchasi Eron harbiylari ekanligi va Eron diplomatlariga zarar yetmaganligi bildirildi.

Suriya Tashqi ishlar vaziri Faysal al-Miqdod Damashqdagi hujumga uchragan Eron elchixonasi majmuasiga tashrif buyurib, eronlik mavqedoshi Husayn Amir Abdullohiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan bu terror hujumini keskin qoralaymiz. Suriya Eronni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Isroilning bu hujumi G‘azodagi Falastin xalqiga qarshi urushdagi dahshatli muvaffaqiyatsizligining bir ko‘rinishidir”, deydi hujum joyida matbuotga bayonot bergan Suriya vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Eron

Aloqador xabarlar