PKK terror tarafdorlari bu safar Parijda tartibsizlik keltirib chiqardi

Fransiyaning poytaxti Parijdagi Charles de Goll aeroportida bo'lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari tomonidan sodir bo'lgan voqeada 3 kishi tan jarohati oldi.

2121452

Milliy matbuotda tarqalgan xabarga ko'ra, Fransiyadan deportatsiya qaroriga ega bo'lgan PKK a'zosi Firaz Korkmazning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqqan bo'lginchi terror tashkiloti tarafdorlari Charles de Goll aeroportida to'plandi.

Taxminan 20 kishilik guruh Korkmazni olib ketgan Milliy vatanga qaytarish bo'linmasi guruhiga hujum qildi.

Shuningdek, aeroportda terrorchilar tarafdorlari va tinch aholi vakillari o‘rtasida taranglik yuzaga kelgan.

Fransuz askarlarining aralashuvi bilan nazorat ostiga olingan voqeada aeroportda ishlagan 3 kishi tan jarohati oldi.

Qo‘rqmazning Turkiyaga jo‘natilgani ma’lum bo‘ldi.

Tanlangan kalimalar: #Voqea , #PKK , #Parij , #Fransiya

Aloqador xabarlar