Kuleba:"Prezident Erdo'g'an kuchli siyosatchi..."

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, "Prezident Erdo'g'an kuchli siyosatchi. U nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda hurmatga sazovor lider",- dedi.

2121431

Kuleba bu so'zlarni Polsha poytaxti Varshavada o'tkazilgan onlayn uchrashuvda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, tilga oldi.

Kuleba, “Ukraina va Rossiya muzokara stoliga qaytsa, bu jarayon 2022 yilning martidagi kabi Istanbulda amalga oshiriladimi?” degan savolga, "Hozircha Rossiya va Ukraina tomonlarining uchrashuvini faqat Turkiya tashkil eta oldi. U urushning birinchi bosqichida o'tkazildi",-deb javob berdi.

Uning ta'kidlashicha, Ukraina 2022-yil fevralidan beri davom etayotgan urushni tugatishga yordam bermoqchi bo'lgan hech bir davlatni rad etmadi.

Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar