Moskvada terakt qurbonlari soni 140 nafarga yetdi

Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma'lum qildi.

2121132
Moskvada terakt qurbonlari soni 140 nafarga yetdi

 

"Krokus Siti Xoll"dagi terakt jabrlanuvchilaridan biri halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma'lum qildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, marhumning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan.

Murashkoning ta’kidlashicha, yana to‘rt nafar bemor shu ahvolda shifoxonalarda qolmoqda, 19 kishining ahvoli og‘ir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan halok bo‘lganlar ro‘yxatida 120 kishi bor, biroq Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin 139 kishi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. Shunday qilib, so‘nggi vafot etgan shaxs bilan birga ularning soni 140 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni bir guruh qurollangan shaxslar "Krokus Siti Xoll"da konsertga tushrif buyuruvchilarga hujum qildi. Keyinroq binoda portlashlar sodir bo‘ldi va yong‘in boshlandi. Biroz vaqt o‘tgach, konsert zali tomi qulab tushdi.

Ertasi kuni gumondorlar Bryansk viloyatida qo'lga olindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 martni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Moskva

Aloqador xabarlar