Isroilning G‘azodagi hujumlari 14 ming 280 nafar yosh bola umriga zomin bo‘ldi

G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 14 ming 280 nafar yosh bola hayotdan ko‘z yumdi..

2119520
Isroilning G‘azodagi hujumlari 14 ming 280 nafar yosh bola umriga zomin bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda 14 ming 280 nafar yosh bola hayotdan ko‘z yumdi.

Hukumatning G‘azodagi matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan G‘azoga qarshi 170 kundan beri uyushtirilgan hujumlar haqida ma’lumot berildi.

Unga koʻra, Isroil armiyasi 7 - oktabrdan beri Gʻazo sektorida himoyasiz Falastin xalqi, tinch aholi, bolalar va ayollarga qarshi 2 ming 848 marta qatliom uyushtirgan.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 170 kundan beri uyushtirgan hujumlarida jami 32 ming 226 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan 14 ming 280 nafari yosh bola, 9 ming 340 nafari esa ayol kishidan iborat. Halok bo‘lganlardan tashqari 74 ming 518 kishi tan jarohati oldi.

Isroil hujumlari qurbonlarining 73 foizi ayollar va bolalardan iborat bo‘lsa ulardan 364 nafari tibbiy xodim, 48 nafari harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimi va 136 nafari jurnalist. G‘azoda bugungacha 27 nafar bola, ochlik yuzasidan jon berdi.

Vayronalar ostida qolgan va ularni qutqarish imkoni bo‘lmagan insonlar soni esa 7 ming nafar.

Isroil hujumlari tufayli otasi, onasi yoki ikkalasidan ham birdaniga ajrab qolgan bolalar soni esa 17 ming nafar deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar