G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 32 ming 226 nafarga yetdi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil tomonidan oxirgi 24 soat ichida yana 8 ta hujum uyushtirilgani va oqibatida falastinlik 84 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 106 kishi esa tan jarohati olgani ma’lum qilindi

2119487
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 32 ming 226 nafarga yetdi

Isroil tomonidan 7 - oktabridan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni yana ortdi.

Chunki Isroil kuchlarining G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari bugun, ya’ni 170 – kunda ham davom etmoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan oxirgi 24 soat ichida yana 8 ta hujum uyushtirilgani va oqibatida falastinlik 84 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 106 kishi esa tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

G‘azo sektoridagi hujumlar boshlangan 2023 – yilning 7 - oktabrdan buyon halok bo‘lganlar soni 32 ming 226 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 74 ming 518 nafarga yetgani ifoda etildi.

Dayr al - Balahda bir uy nishonga olindi va oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Isroil kuchlari tun bo‘yi Dayr al-Balahga qarshi hujum uyushtirdi.

Unda Alattar oilasiga tegishli bir uyning nishonga olinishi oqibatida falastinlik yana 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi va ko‘plab tinch aholi tan jarohati olgani qayd etildi.

Tan jarohati olganlar Aqso shahidlari kasalxonasiga yotqizildi.

Falastinlik rasmiylarining bildirishicha, vayronalar ostida ham insonlar qolib ketgan.


Tanlangan kalimalar: #falastinliklar , #G‘azo , #Isroil

Aloqador xabarlar