Rossiya tataristonlik jurnalist Ruslan Aysinni "xorijiy agent" deb atadi

Rossiya uni “Turk dunyosi manfaatlarini himoya qilish” va “Turkiya manfaatlarini himoya qilish uchun haddan tashqari kuch sarflaganlikda” ayblamoqda.

2118272
Rossiya tataristonlik jurnalist Ruslan Aysinni "xorijiy agent" deb atadi

 

Tataristonlik siyosatshunos va jurnalist Ruslan Aysinga qarshi “xorijiy agent” majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda va natsizmni oqlashda ayblanib, sud ishi qo'zg'atildi.

Rossiyadagi siyosiy bosimlar tufayli ikki yil avval Turkiyaga ko‘chib o‘tgan Ruslan Aysin "TRT Russian" telekanaliga bergan intervyusida “turk va islom dunyosi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida yashovchi xalq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosiy va ijtimoiy harakatlari” uning “xorijiy agent” deb e’lon qilinishiga va qonuniy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lganini ta'kidladi.

Qayd etilishicha, Rossiya uni “Turk dunyosi manfaatlarini himoya qilish” va “Turkiya manfaatlarini himoya qilish uchun haddan tashqari kuch sarflaganlikda” ayblagan.

Aysin nega “xorijiy agent” maqomi talablarini bajarmaganini tushuntirdi: “Bu men uchun kamsituvchi maqom emas, lekin men bu boradagi barcha qaror va buyruqlarni bajarish niyatida emasdim. Men postlarimning boshida chet el agenti ekanligim haqida ogohlantirishni qo'ymoqchi emasdim. Ikkita sud, yozma farmoyishlar, jarimalar, ikkita ma’muriy ish jinoyat ishiga aylantirildi".

Aysin natsizmni oqlashda ayblanayotganini uning “o‘z xalqi va butun Rossiya Federatsiyasi xalqi manfaatlari”ni himoya qilishga bo‘lgan urinishlari bilan bog‘ladi va o‘ziga qarshi qo‘yilgan ayblovlar siyosiy sabablarga ko‘ra ekanligiga ishonch bildirdi.

Jurnalist, “Hozircha Turkiyadaman, Turkiya bizga boshpana bo’lgan, Turkiya hamisha turklar va musulmonlar uchun mehmondo’st uy bo’lgan. Sud qarorlarini, balki sirtdan hibsga olish qarorini kutaman”, dedi.

Ma'lumotga ko'ra, tataristonlik siyosatshunos va jurnalist Ruslan Aysin 2023 yilning mart oyida "xorijiy agent" ro'yxatiga kiritilgandi. Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi Aysinni Rossiya siyosati haqida "asossiz ma'lumot" tarqatganlikda ayblab, uni Rossiyaning Ukrainaga hujumini tanqid qilgani uchun "xorijiy agent" deb atadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ruslan Aysin , #Tatariston , #Rossiya

Aloqador xabarlar