Isroil G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum qildi

Falastin, Isroil qo'shini kecha tunda G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum uyushtirgani, 14 falastinlik hayotdan ko'z yumganini e'lon qildi.

2117354
Isroil G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum qildi

 

Falastin, Isroil qo'shini kecha tunda G'azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum uyushtirgani, 14 falastinlik hayotdan ko'z yumganini e'lon qildi.

Bu haqda Falastin Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Falastin Tashqi ishlar vazirligi G’azo sektorining shimoli va markazidan millionlab ko’chmanchilar istiqomat qilayotgan shaharni egallamaslik haqidagi xalqaro ogohlantirishlarga e’tibor bermay, Isroilning Rafah shahriga qonli havo hujumlari va tizimli vayronkor amaliyotlarini keskin qoralaydi”,- deyiladi bayonotda.

Bayonotda, kecha (dushanba) oqshomdan boshlab Isroilning Rafahga dahshatli havo hujumi uyushtirgani va ko'plab falastinliklarning qurbon bo'lganiga diqqat qaratib, "Isroil hech kimning ruxsatini kutmasdan Rafah shahriga hujum boshladi va xalqaro reaktsiyalardan qochish uchun buni e'lon qilmadi va buni amalga oshirdi", -degan ifodalarga o'rin berildi.

Qayd etilishicha, kecha tunda Isroil harbiy samolyotlari tomonidan Rafah shahrining turli joylarida uyushtirilgan havo hujumida, 14 nafar Falastinlik hayotdan ko'z yumgan, ko'plab falastinlik esa tan jarohati olgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi tomonidan 15-mart kuni qilingan bayonotda, Rafah shahri janubida ehtimoliy harbiy operatsiya rejasi tasdiqlangani ma’lum qilindi.

Qolaversa, Isroil armiyasining G'azo sektoriga hujumlarida qurbonlar soni 24 soat ichida 93 kishiga ortib, 31 ming 819 nafarga yetdi. 


Tanlangan kalimalar: #Rafah , #Isroil

Aloqador xabarlar