Isroilda uyushtirilgan namoyishlar davom etmoqda

Isroil bo‘ylab qamal ostidagi G‘azo sektoridagi mahbuslarni qaytarish, Benyamin Netanyaxu hukumatining iste’fosi va muddatidan oldin saylov o‘tkazish talabi bilan namoyishlar uyushtirildi.

2116440
Isroilda uyushtirilgan namoyishlar davom etmoqda

Isroil bo‘ylab qamal ostidagi G‘azo sektoridagi mahbuslarni qaytarish, Benyamin Netanyaxu hukumatining iste’fosi va muddatidan oldin saylov o‘tkazish talabi bilan namoyishlar uyushtirildi.

Ikki ming nafarga yaqin namoyishchi Isroil bayroqlari bilan Isroilning Kesariyadagi Netanyaxuning shaxsiy qarorgohi yaqinida yig‘ildi. Netanyaxu hukumatini tanqid qilgan banner va plakatlarni ko‘targan namoyishchilar, davlat boshidagi Netenyaxuni nazarda tutgan holda “7 – oktabrdan sen mas’ulsan, sen aybdorisan, endi ket!” - degan shiorlar aytdilar.

Netanyaxu qarorgohi tomon harakat qilishga va o‘t qo‘yishga uringan namoyishchilarga politsiya monelik qilar ekan 4 kishi nazorat ostiga olindi.

Minglab isroillik Tel - Avivdagi Qoplon ko‘chasida Netanyaxu hukumatining iste’fosi va muddatidan oldin umumiy saylov o‘tkazilishini talab qilib namoyish uyushtirdi.

Faollar hukumatni tanqid qilar ekan ayni vaqtda Bosh vazir Netanyaxu va uning hukumatidagi siyosatchilarga qarshi bannerlar bilan plakatlar ham olib chiqdilar.

Namoyishchilarga monelik qilishga urinar ekan ayni paytda kuch ishlatgan politsiya xodimlari, ko‘plab namoyishchilarni nazorat ostiga oldi.

Mudofaa vazirligi oldida katta olov yoqqan va Tel - Aviv markazidagi Ayalon avtomobil yo‘lining shimolga ketgan tomonini bekitgan namoyishchilarga politsiya monelik qildi.

Mudofaa vazirligi binosining boshqa tomonida esa G‘azodagi isroillik mahbuslarning yaqinlari norozilik namoyishi uyushtirdi.

Hukumatdan mahbuslarni imkon qadar tezroq ozod qilish talab qilingan namoyishda Germaniyaning Tel - Avivdagi elchisi Steffen Seibert bilan Fransiyaning Tel -Avivdagi elchisi Frederik Journes nutq so‘zladi.

Namoyishlarda gapirgan sobiq Bosh vazir va asosiy muxolifat yetakchisi Yair Lapid, nima bo‘lishidan qat’iy nazar mahbuslarni uylariga qaytaruvchi shartnomani qo‘llab – quvvatlashlariga e’tibor qaratib, “Ular qaytmay, g‘alabaga erishish imkonsiz”, - dedya gapirdi.



Aloqador xabarlar