Gretsiya Turkiya dronlariga qarshi mudofaa tizimini qurmoqchi

Bu haqda Gretsiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias "Naftemporiki" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2114116
Gretsiya Turkiya dronlariga qarshi mudofaa tizimini qurmoqchi

 

Gretsiya Turkiyaning "Bayraktar TB-2" uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoyalanish maqsadida Gretsiya hududini qamrab oladigan uchuvchisiz havo vositalariga qarshi mudofaa tizimini qurmoqchi.

Bu haqda Gretsiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias "Naftemporiki" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Nikos Dendias shuningdek, Gretsiya armiyasini isloh qilib, o'zlarining mudofaa texnologiyasi dasturlarini ishlab chiqishlarini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, so'nggi uch yil ichida dunyo va mintaqada geosiyosiy noaniqlik kuchaygan. Shu sababli, Gretsiya har xil holatlarga tayyor turishi kerak.

Dendias jurnalistning, "Ukraina 21-asr urushlarida UAVlar va UAVga qarshi tizimlarning muhim rol o'ynashini ko'rsatdi. Qo'shni Turkiya bu sohada sezilarli yutuqlarga erishdi. Gretsiyada vaziyat qanday?" degan savoliga shunday javob berdi:

"Bu sohadagi texnologik oʻzgarishlar urushlarni global miqyosda oʻzgartirgani aniq. Armanistonga soʻnggi tashrifim chogʻida zamonaviy jang maydonida qurolli dronlar qanday qoʻllanilishi haqida keng qamrovli maʼlumotlarga ega boʻldim. Ma’lumki, bu davlat armiyasiga qurolli dronlar, jumladan, "Bayraktar"lardan keng foydalanuvchi Ozarbayjon armiyasi hujum qilgan. Biz Armaniston bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilamiz. Gretsiya bu sohadagi salohiyatini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Biz Gretsiya hududini qoplaydigan uchuvchisiz samolyotlarga qarshi gumbaz quramiz".


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar TB-2 , #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar