Dunyoning to‘rt burchagi Falastinni qo‘llab – quvvatlashni davom etmoqda

Vashingtondagi namoyishchilar Isroilni qo‘llab – quvvatlagan AQSh yetakchiligiga munosabat bildirdilar.

2110196
Dunyoning to‘rt burchagi Falastinni qo‘llab – quvvatlashni davom etmoqda
berlin filistin destek.jpg
abd filistin destek.jpg

Dunyoning to‘rt burchagi Falastinni qo‘llab – quvvatlashni davom etmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining ko‘plab shtatlarida Isroil hujumlariga norozilik bildirildi.

O‘tgan hafta poytaxt Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida AQSh askarlaridan biri o‘zini yoqib yuborib, genotsidga qarshi chiqqandi.

Xuddi ana shu norozilik namoyishi uyushtirilgan nuqta, bu hafta Vashingtondagi namoyishlarning markazi sifatida tanlab olindi.

Vashingtondagi namoyishchilar Isroilni qo‘llab – quvvatlagan AQSh yetakchiligiga munosabat bildirdilar.

Unda ayrim yahudiy guruhlar ham eng oldingi qatorlardan o‘rin olib, namoyishlarni qo‘llab -quvvatladi.

AQShning Kaliforniya shtatiga qarashli Los - Angeles shahrida to‘plangan namoyishchilar ham, Isroil tomonidan qariyb 5 oydan beri davom ettirilayotgan G‘azo sektorini qo‘llab – quvvatlagan namoyish uyushtirdi.

Namoyishchilar shahar hokimiyati binosi oldida to‘planib, qo‘llarida bannerlar va Falastin bayroqlari bilan yurish qildilar.

Isroilning G‘azodagi qatliomlariga Italiyada ham norozilik bildirildi.

Poytaxt Rimda minglab namoyishchi falastinliklarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida ko‘chalarga chiqdilar.

Namoyishlarda G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarni qabul qilish imkonsiz ekani, Falastin xalqining o‘z tuproqlarida erkin yashash huquqiga ega ekani, mintaqaning Isroil tomonidan ishg‘ol etilgani bildirildi.

Germaniya poytaxti Berlinda ham namoyishchilar Isroildan Falastin tuproqlarini ishg‘ol qilishni bas qilishi va Germaniyadan Isroilga qurol yubormaslikni talab qildi.

Dyusseldorf shahrida esa Falastin bayroqlarini tashigan namoyishchilar, Isroilning G‘azoda qo‘l urgan qatliomini qoraladi.

Germaniyada yashagan turklar ham, Germaniya hukumatining G‘azoda yuz bergan qatliomni ko‘rmaslikka olishiga munosabat bildirdi.

Fransiya poytaxti Parijda esa, G‘azoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi kerakligi talabi bilan namoyish uyushtirildi.

Xuddi shunday mazmundagi namoyishlar Niderlaniya, Kanada, Irlandiya va Marokashda ham davom etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #qatliom , #namoyish , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar