Nyu-Yorkda G’azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish uchun 24 soatlik uzluksiz namoyish boshladi

Nyu-Yorkdagi Falastin tarafdorlari, Isroilning G'azoda tinch aholini qirg'in qilishiga chek qo'yish va zudlik bilan o't ochishni to'xtatish uchun 24 soatlik uzluksiz harakat boshladi.

2109010
Nyu-Yorkda G’azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish uchun 24 soatlik uzluksiz namoyish boshladi
new york gazze eylem2.jpg
new york gazze eylem1.jpg
new york gazze eylem.jpg

 

Nyu-Yorkdagi Falastin tarafdorlari, Isroilning G'azoda tinch aholini qirg'in qilishiga chek qo'yish va zudlik bilan o't ochishni to'xtatish uchun 24 soatlik uzluksiz harakat boshladi.

AQSh faollari Nyu-York meriyasi bog'ida to'planishdi. G’azoda zudlik bilan va doimiy otashkesimga erishilgunga qadar harakatlarini davom ettirishlarini bildirdi.

Ko'plab nodavlat tashkilotlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan 24 soatlik mitingda so'zga chiqqanlar,

 AQShni Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirar ekan, Nyu-York meri Erik Adams va shahar kengashi a’zolariga o‘z ovozini yetkazishga harakat qildi.

Nyu-Yorkda yashovchi yahudiy asli ba'zi amerikaliklar Isroil G'azoda "genotsid" qilganini aytishmoqda.

  Ular buni o'zlarining soliqlari bilan qo'llab-quvvatlamoqchi emasliklarini baland ovozda aytishdi.

Faollar, munitsipalitet binosi oldidagi asfaltga G'azoda halok bo'lgan o'n minglab tinch aholining ismlari yozilgan ulkan plakatni "Ozod Falastin" deb qo'yishdi.

  Ular “Otashkesim, hozir”, “Bizning soliqlarimizni Isroilga yubormang”, “Genotsidni qo‘llab-quvvatlamang” kabi shiorlar bilan hayqirdi. 7 oktyabrdan beri Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan shiddatli hujumlarida 30 mingdan ortiq falastinlik halok bo'ldi, aksariyati bolalar.

Nyu-Yorkdagi Falastin tarafdorlar  G’azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish uchun 24 soatlik uzluksiz harakat boshladi.

 



Aloqador xabarlar