Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana oʻnlab inson halok boʻldi

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga koʻra Isroil kuchlari tun boʻyi havodan, quruqlikdan va dengiz orqali ayniqsa Gʻazo shahar markazi, Xon Yunis va Bayt Lahiyaga qarshi shiddatli hujumlar uyushtirdi.

2107072
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana oʻnlab inson halok boʻldi

Isroil armiyasi kechasi bilan Gʻazo sektorining bir necha hududiga qarshi hujum uyushtirdi va oqibatida falastinlik oʻnlab inson halok boʻldi, koʻpchilik tan jarohati oldi.

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga koʻra Isroil kuchlari tun boʻyi havodan, quruqlikdan va dengiz orqali ayniqsa Gʻazo shahar markazi, Xon Yunis va Bayt Lahiyaga qarshi shiddatli hujumlar uyushtirdi.

G‘azo sektoridagi al - Shati qochqinlar lageriga qarshi ham tun bo‘yi havo hujumi uyushtirildi. Unda koʻplab inson jon berib, tan jarohati oldilar.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Gʻazoda yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning 142 - kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Bayonotda, Isroilning oxirgi 24 soat ichida falastinlik 86 kishi umriga zomin boʻlgani va bu orqali oʻtgan 2023 – yilning 7 – oktabridan beri qurbonlar soni 29 ming 692 nafarga yetgani qayd etildi.

Oxirgi hujumlarda falastinlik 131 kishi tan jarohati olar ekan ularning soni 69 ming 879 nafarga chiqqaniga e’tibor qaratildi.

Vayronalar ostida hali ham minglab qurbonlar borligi xabar qilinar ekan, insonlar jon saqlagan shifoxona bilan ta’lim markazlari ham nishonga olinib, harbiy boʻlmagan infratuzilmalar ham vayron qilinayotgani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo , #falastinlik , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar