G'azo sektorida halok bo'lganlar soni 29 mingdan oshdi

Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo'lganlar soni 29 ming 410 nafarga, yaralanganlar soni esa 69 ming 465 nafarga ko'tarildi.

2106056
G'azo sektorida halok bo'lganlar soni 29 mingdan oshdi
gazze.jpg
gazze.jpg
gazze.jpg
gazze.jpg

 

Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo'lganlar soni 29 ming 410 nafarga, yaralanganlar soni esa 69 ming 465 nafarga ko'tarildi.

Isroilning G'azo sektoriga shafqatsiz hujumlari 139 kundan beri uzluksiz davom etmoqda.

Isroil kuchlari mintaqaning har bir nuqtasini nishonga olib, minglab tinch aholini, asosan ayollar va bolalarni o'ldirdi.

U qanday reaksiyalarga qaramay, insoniyatga qarshi jinoyatini davom ettirmoqda.

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, 24 soat ichida 97 falastinlik hayotdan ko'z yumdi.  132 falastinlik tan jarohati olgani, 7 oktyabrdan beri davom etgan hujumlarda hayotdan ko'z yumganlar sonining 29 ming 410 nafar ekanligi ta'kidlandi.Yaralanganlar sonining 69 ming 465 nafarga yetgani ma'lum qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar