Isroil hujumlari oqibatida yana 118 kishi halok bo‘ldi

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 138 kundan beri davom etayotgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

2105547
Isroil hujumlari oqibatida yana 118 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 118 kishi halok bo‘ldi. Bu orqali mazkur urushda jon bergan falastinliklar soni 29 ming 313 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 138 kundan beri davom etayotgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Oxirgi hujumlarda yana 118 kishi halok bo‘lgani va bu orqali mintaqadagi qurbonlar soni 29 ming 313 nafarga chiqqani bildirilgan bayonotda, Isroil kuchlarining falastinlik yana 163 kishi sog‘ligiga zomin bo‘lgani va tan jarohati olganlar soni shu bilan 69 ming 333 nafar deb qayd etilgani qayd etildi.  

Bayonotda, vayronalar ostida va yo‘l chetida haligacha qurbon bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari monelik qilgani bois tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlarni ola olmagani takidlandi.



Aloqador xabarlar