Braziliya prezidenti Tel-Avivdagi elchisini chaqirib oldi

Isroil Prezident Luis Inasiu Lula da Silvani “persona non grata” deb e’lon qilganidan keyin Braziliya Tel-Avivdagi elchisini “maslahatlashuvlar” uchun chaqirib oldi.

2104771
Braziliya prezidenti Tel-Avivdagi elchisini chaqirib oldi

 

Isroil Prezident Luis Inasiu Lula da Silvani “persona non grata” deb e’lon qilganidan keyin Braziliya Tel-Avivdagi elchisini “maslahatlashuvlar” uchun chaqirib oldi. Bu haqda “Correio Braziliense” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Isroil bayonotlaridan so‘ng Lula da Silva o‘z vazirlari va maslahatchilarini Isroil bilan inqirozni muhokama qilish uchun respublika Prezidentining rasmiy qarorgohida “shoshilinch” uchrashuvga chaqirgan.

Isroilning Lula da Silvaga qarshi so‘zlariga javoban Braziliya Tel-Avivdagi elchisi Frederiko Meyerni maslahatlashuvlar uchun mamlakatga chaqirib oldi.

Prezident maslahatchisi Selso Amorim o‘z bayonotida Isroilning Lula da Silvaga nisbatan so‘zlarini "bema’nilik" deb atadi.

Braziliya rasmiylari bu borada hali rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, mahalliy OAV Isroilning Braziliyadagi elchisi Daniel Zonsheyn Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgani haqida xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Braziliya Prezidenti Lula da Silva Isroilning G‘azo sektorini bosib olishini natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerning harakatlariga qiyoslab, “genotsid” deb atagandi. Prezident G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar "urush emas, balki genotsid" ekanini aytdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Lula da Silvaning bayonotlaridan so‘ng, “Braziliya qizil chiziqni kesib o‘tdi” deb javob berdi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats esa Lula da Silva “persona non grata” deb e’lon qilinganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya , #Isroil

Aloqador xabarlar