Isroil hujumlarida jon berganlar soni yana ortdi

Isroil hujumlari 131 kundan beri davom etmoqda.

2102346
Isroil hujumlarida jon berganlar soni yana ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 131 kundan beri davom etgan hujumlarda jon berganlar soni 28 ming 576 nafarga chiqdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektorida uyushtirgan 11 hujumda 103 kishi o‘ldirilgani va 145 kishi tan jarohati olgani ifoda etildi.

Shuningdek, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 28 ming 576 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 68 ming 291 nafarga yetgani ifoda etildi.

Shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida haligacha qurbon bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari monelik qilgani bois tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlarni ola olmagani ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar