Qohirada G‘azo bo‘yicha muzokaralar bo'lib o'tdi

Tomonlar Isroil hujumlari ostida bo’lgan G’azo sektorida o’t ochishni to’xtatish masalasini muhokama qildilar.

2102027
Qohirada G‘azo bo‘yicha muzokaralar bo'lib o'tdi

 

Misr poytaxti Qohirada G‘azo bo‘yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

Unda Qatar, Amerika Qo’shma Shtatlari va Isroil delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tomonlar Isroil hujumlari ostida bo’lgan G’azo sektorida o’t ochishni to’xtatish masalasini muhokama qildilar.

Misrning yuqori martabali rasmiysi hukumatga yaqin Qohira al-Ikhbariyye kanaliga muzokaralar tafsiloti haqida ma'lumot berdi.

Qatar, AQSh va Isroil rasmiylari ishtirokida to'rt tomonlama yig'ilish o'tkazilganini ma'lum qilgan Misr rasmiysi, Isroil qamoqxonalaridagi falastinliklarning ozod etilishi evaziga G'azoda saqlanayotgan isroillik mahbuslarning ozod qilinishi va mintaqada o't ochishni to'xtatish masalasi muhokama qilinganiga e'tibor qaratdi.

Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko'ra, Isroil to'qnashuvlarni vaqtinchalik to'xtashini talab qilgan. Hamas esa, Isroilning G'azoga hujumlarini to'xtatadigan doimiy o't ochishni to'xtatish talabi o'zgarmaganligini aytgan.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Qohirada bo‘lib o‘tayotgan G‘azo bo‘yicha muzokaralarda Isroil delegasiyasiga yangi g‘oyalarni taqdim etmaslikni, shunchaki tinglashni buyurgan.

"Isroil rasmiylari u yerda faqat tinglash uchun bo‘lgan",- deyiladi xabarda.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Falastin , #Misr

Aloqador xabarlar