Isroil hujumlari 10 kun ichida falastinlik yana 1102 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroil hujumlari oqibatida oxirgi 10 kun ichida falastinlik yana 1102 kishi umriga zomin bo‘ldi.

2101150
Isroil hujumlari 10 kun ichida falastinlik yana 1102 kishi umriga zomin bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida oxirgi 10 kun ichida falastinlik yana 1102 kishi halok bo‘ldi. Bu orqali mazkur urushda jon bergan falastinliklar soni 28 ming 340 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 129 kundan beri davom etgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Unda, Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektorida falastinlik yana 164 kishi umriga, 200 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘lgani qayd etildi.

Shuningdek, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 28 ming 340 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 67 ming 984 nafarga yetgani ifoda etildi.

Bayonotda, Isroil armiyasining oxirgi 10 kun ichida G‘azo sketoriga qarshi havo, quruqlik va dengiz orqali uyushtirgan hujumlarida falastinlik 1102 kishi halok bo‘lganiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, vayronalar ostida va yo‘l chetida haligacha qurbon bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari monelik qilgani bois tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlarni ola olmagani ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar