Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Rossiya, Ukraina poytaxti Kiyev va Xarkov shahri bilan mamlakat janubidagi ko‘plab shaharga qarshi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirdi.

2100709
Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov shahriga qarshi insonsiz havo vositasi orqali uyushtirilgan hujumlarda 7 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 3 nafari yosh bola.

Rossiya, Ukraina poytaxti Kiyev va Xarkov shahri bilan mamlakat janubidagi ko‘plab shaharga qarshi insonsiz havo vositasi orqali hujum uyushtirdi.

Xarkov gubernatori hujumlarda 7 kishi halok bo‘lgani va ulardan 3 nafari yosh bola ekanini ma’lum qildi. Hujumda yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan biri nishonga olinar ekan, ko‘plab uylar ham ziyon ko‘rdi.

Mikolayev shahriga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ham bir kishi tan jarohati oldi. Tabiiy gaz quvur liniyasi shikastlandi. Ukraina armiyasi Rossiya tomonidan yuborilgan 45 ta insonsiz havo vositasidan qirqtasining yo‘q qilinganini bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham 6 kun ichida Ukraina harbiy sanoat sohasidagi unsurlariga qarshi yuqori aniqlikdagi qurollar va insonsiz havo vositalari orqali 31 ta hujum uyushtirganliklarini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #insonsiz havo vositasi , #hujum

Aloqador xabarlar