BMT Putinning Turkiyaga tashrifi natijalari bilan qiziqmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Putinning Turkiyaga tashrifi natijalarini yaqindan kuzatib borishini bildirdi. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

2098172
BMT Putinning Turkiyaga tashrifi natijalari bilan qiziqmoqda

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi natijalarini yaqindan kuzatib borishini bildirdi.
Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik kundalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Dujarrik "Vladimir Putinning tashrifi chog'ida Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash jarayonida BMT ishtirok etadimi?", degan savolga, “Albatta, biz tashrif natijalarini diqqat bilan kuzatib boramiz”, - deb javob berdi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Putinning Turkiyaga tashrifi chog'ida Rossiya va Turkiya o'rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari bilan bir qatorda, mintaqaviy muammolar, jumladan Ukraina masalalari ham muhokama qilinishini aytdi.

Kremlning tashqi siyosat bo'yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov 29 yanvar kuni qilgan bayonotida, Putinning fevral oyida amalga oshirilishi rejalangan Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko'rilayotganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Putin , #BMT

Aloqador xabarlar