Isroil hujumlari oqibatida yana 113 kishi halok bo‘ldi

Isroil hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida yana 113 kishi halok bo‘ldi.

2097908
Isroil hujumlari oqibatida yana 113 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida oxirgi 24 soat ichida falastinlik yana 113 kishi halok bo‘ldi. Bu orqali mazkur urushda jon bergan falastinliklar soni 27 ming 478 nafarga yetdi.

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi 122 kundan beri davom etgan hujumlari haqida ma’lumot berildi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida qo‘l urgan 13 ta qatliomda falastinlik yana 113 kishi halok bo‘lgani va 205 kishi tan jarohati olgani qayd etildi.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan yilning 7 - oktabridan beri uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik 27 ming 478 kishi halok bo‘lgani va 66 ming 835 kishi tan jarohati olgani ta’kidlandi.

Bayonotda, vayronalar ostida va yo‘l chetida qurbon bo‘lganlar borligi ammo Isroil kuchlari monelik qilgani bois tibbiy xodimlar bilan harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari jasadlarni ola olmagani ifoda etildi.

 



Aloqador xabarlar