Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 112 kishi jon berdi

Gʻazodagi Falastin Sogʻlikni saqlash vazirligi, Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi 119 kun oldin boshlagan va bugungi kunga kelib avj olgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.

2096832
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yana 112 kishi jon berdi

Isroil blokadasi ostidagi G‘azo sektoriga qarshi 7 – oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 ming 131 nafarga yetdi.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ashraf al - Kudra mavzu haqida bergan bayonotida, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 119 kundan beri davom etayotgan hujumlar haqida ma’lumot berdi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soatda G‘azo sektorida falastinlik yana 112 kishining umriga, 148 kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘lganiga e’tibor qaratgan Kudra,  G‘azo sektoriga qarshi 7 – oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 27 ming 131 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 66 ming 287 nafarga chiqqanini qayd etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi, hujumlar natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilik tufayli koʻpchilikning haligacha vayronalar ostida qolgani hamda harbiy boʻlmagan va tibbiy tez yordam xodimlarining ularga ulashishda qiyinchilikka duchor bo‘layotganini ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar