Isroil hujumlari yuzasidan halok boʻlgan falastinliklar soni ortdi

Isroil hujumlari yuzasidan halok boʻlgan falastinliklar soni 26 ming 751 nafarga chiqdi.

2095301
Isroil hujumlari yuzasidan halok boʻlgan falastinliklar soni ortdi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi o‘tgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 26 ming 751 nafarga chiqdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azodagi Matbuot xizmati kotibi Ashraf al - Qudra, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 116 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma’lumot berdi.

Isroil kuchlarining oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektorida falastinlik yana 114 kishini o‘ldirgani, falastinlik yana 249 kishining umriga zomin bo‘lganiga e’tibor qaratgan Kudra, 7 - oktabrdan beri uyushtirilgan hujumlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 26 ming 751, tan jarohati olganlar soni esa 65 ming 636 nafarga chiqqanini qayd etdi.

Yana Ashraf al – Qudraning qayd etishicha, haligacha vayronalar ostida va yoʻl boʻyida jon berganlar bor ammo tibbiy hamda harbiy boʻlmagan mudofaa xodimlari ular jasadini ola olmayapdi.

Isroil armiyasining Gʻazo janubidagi Xon Yunisdagi «Nasir» va «Emel» kasalxonasi qamalini kuchaytirganini ifoda etgan Kudra, qamal orqali dori – darmon va tibbiy vositalarning tugashi natijasida yaradorlarni qutqarishning imkoni yoʻqligini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar