Yevropa Transkaspiy transport koridoriga 10 milliard yevro ajratadi

Ushbu savdo yo‘li Rossiyani chetlab o‘tib, Yevropa va Markaziy Osiyoni birlashtirish imkonini beradi.

2095076
Yevropa Transkaspiy transport koridoriga 10 milliard yevro ajratadi

 

Yevropa Ittifoqi davlatlari va jahon moliya institutlari Transkaspiy transport koridoriga 10 milliard yevro ajratish niyatida. Bu haqda joriy yilning 29-yanvarida bo‘lib o‘tgan Yevropa komissiyasining "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" forumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Yevrokomissiya vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis ma’lum qildi.

Keyingi ikki kunda forum ishtirokchilari Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasida yuk tashish muddatini 15 kunga qisqartiruvchi ushbu karidorni zamonaviy, multimodal va samarali yo‘nalishga aylantirish uchun kerakli investitsiyalarni ajratish masalasini muhokama qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu savdo yo‘li Rossiyani chetlab o‘tib, Yevropa va Markaziy Osiyoni birlashtirish imkonini beradi.

Rasmiy Bryusselga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi ishtirokisiz har ikki mintaqani bog‘laydigan muqobil savdo yo‘llariga ehtiyoj bor.

"Markaziy Osiyo o‘zining ulkan salohiyati bilan Yevropa Ittifoqining eng muhim hamkoriga aylandi. Yevropa ham, Markaziy Osiyo ham bugungi muammolarga qarshi turishga yaxshiroq tayyor bo‘lish uchun o‘z barqarorligini kuchaytirishi, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarini diversifikatsiya qilishi kerak", – deydi Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa ittifoqi

Aloqador xabarlar